13:53 / 11.01.2024
100

Bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkazildi

Bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkazildi

Prezidentning 2023 yil 1 iyundagi PF–82-son farmoni bilan 2024 yil 1 yanvardan:

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, ushbu muassasalar aholini ijtimoiy himoyalash yo‘nalishida yagona davlat siyosati  va boshqaruv tizimini yaratish maqsadida Agentlik tizimiga o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur Farmon bilan 2024 yil 1 avgustdan:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari ham mazkur Agentlik boshqaruviga o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat