date
views 66

Indoneziya O‘zbekiston bilan siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi

Indoneziya O‘zbekiston bilan siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmonov Indoneziya elchisi Sunario Kartadinata bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston – Indoneziya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.

Turizm sohasida, xususan, ziyorat turizmi yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Indoneziya O‘zbekiston bilan siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi