Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Xorazm viloyati yuridik texnikumi hamkorligida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga ta’lim muassasasida ta’lim olib kelayotgan yoshlar taklif qilindi. Ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi doirasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni Byuro organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning mazkur sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.
Tadbir davomida boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan bitiruvchi yoshlarga Majburiy ijro byurosi organlariga xizmatga qabul qilish talablari, davlat ijrochisining vazifa hamda majburiyatlari, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish masalalari haqida tushunchalar berildi.
O‘zaro samimiy, ochiq ruhda kechgan muloqot davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga xodimlar batafsil javoblar berishdi.
Bu kabi qiziqarli uchrashuvlarni kelgusida Byuro organlari tomonidan yanada davom ettirishga kelishib olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring