14:44 / 16.01.2024
294

Kelin 2 nafar farzandi bilan uyga qaytdi

Kelin 2 nafar farzandi bilan uyga qaytdi

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan nomulkiy tusdagi hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bunda asosiy e’tibor taraflarga sud qarorida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida ta’minlash, ularning bu borada huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan. Lekin ayrim hollarda, qarzdorlar majburiyatlarga ma’suliyatsiz bilan yondashayotgani tufayli oxir- oqibat ish majburiy ijro harakatlariga bormoqda.

Jumladan, Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituvidagi hujjat ijrosini ta’minlashda ham qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, qarzdor bu muddatga amal qilmagani bois, ijro harakatlari olib borilgan.

 Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining 19.11.2023 yildagi hal qiluv qaroriga ko‘ra da’vogor A.Ashurovaning 2 nafar farzandi bilan tumanidagi Mashxad mahalla fuqarolar yig‘inidagi 61-uyning yashash xonalariga barcha yordamchi binolardan foydalanish huquqi bilan kiritib qo‘yish belgilangan.

Lekin, qarzdor ijro muddatida majburiyatni bajarmagani uchun ijro harakatlari olib borildi. Davlat ijrochisi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng kelin farzandlari bilan uyga kiritib qo‘yilishi ta’minlandi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat