20:44 / 18.01.2024
139

420  mln. so‘mlik yuklagich auksionga chiqariladi

420  mln. so‘mlik yuklagich auksionga chiqariladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 13.06.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "Luxe auto" MCHJdan undiruvchi "O‘zsanoatqurilishbank" ATB foydasiga kredit qarzdorligini undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati 23.11.2023 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Undiruv esa korxonaning garovda bo‘lgan boshlang‘ich bahosi 420.000.000 so‘m bo‘lgan frontal yuklagich transportiga qaratish belgilangan.   Majburiy ijro harakatlari davomida Olmazor tuman bo‘lim davlat ijrochisi D.Ibragimov tomonidan mazkur garovdagi yuklagich transporti xatlanib, zararni qoplash maqsadida jarima maydonchasiga qo‘yildi va hozirda onlayn auksion savdolariga chikarish choralari ko‘rilmokda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat