Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 20 yoshli qiz bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, u Urganchdan topilgan.
Guliston shahri, “Ma’naviyat” MFY, Suvchilar ko‘chasi, 97-uyda yashagan, 2004 yil 20 iyulda tug‘ilgan, millati o‘zbek Anvarova Tursunoy 2023 yil 15 noyabr kuni yashash xonadonidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgandi. 15 dekabr kuni olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida Anvarova Tursunoy Xorazm viloyati, Urganch shahrida sog‘-salomat holda topilib, oila a’zolariga topshirilgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u Xorazmga sayohat uchun borgan.
“Sirdaryoda yashayman. Uydan chiqib ketganimga bir oydan oshdi. Oila a’zolarimga xabar bermaganman. Sayr-u sayohat qilish uchun bu yerga kelganman” , — deydi qiz.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring