date
views 207

Surxondaryoda ota yosh farzandini ayovsiz urib, shafqatsiz munosabatda bo‘ldi

Surxondaryoda ota yosh farzandini ayovsiz urib, shafqatsiz munosabatda bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida yashovchi erkak yosh farzandini urib, shafqatsiz munosabatda bo‘layotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati dastlabki ma’lumotlarni ochiqladi.

Unda aytilishicha, mazkur videodagi holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilganida, holat Termiz shahrida sodir bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda ushbu videoda tasvirlangan holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Tekshirish natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda ota yosh farzandini ayovsiz urib, shafqatsiz munosabatda bo‘ldi