
Illustrativ foto
O‘zbekistonda jinoyat ishlari doirasida ayrim protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun elektron sanksiya berish tartibi joriy etiladi.
2024 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, bu yerda gap telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, tintuv o‘tkazish, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va boshqa protsessual harakatlar haqida ketmoqda.
Davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa ma’lumotlar bilan bog‘liq ishlarda elektron sanksiya berilmaydi.
Loyihada ko‘rsatilishicha, bunday taklif Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan.
Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 14 fevralgacha davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar