Kadr: Telegram
Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 31 yanvar kuni soat taxminan 12:30 larda Sho‘rchi tumani “Sovurtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lida 22 yoshli haydovchi Kia K5 rusumli transport vositasini boshqarib kelib, bir yo‘nalishda harakatlanib, chapga burilayotgan 33 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Damas avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Transport vositasi to‘qnashuv vaqtida yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan ota-bola va yana bir nafar fuqaroni ham turtib ketgan. Oqibatda 10 yoshli voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, o‘ng yelka qismidan yopiq sinishi” tashxisi bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin