date
views 102

Bo‘stonliqdagi tog‘li hududlarga avtomobillar harakati «bir tomonlama» tashkil etiladi

Bo‘stonliqdagi tog‘li hududlarga avtomobillar harakati «bir tomonlama» tashkil etiladi
Dam olish kunlarida Bo‘stonliqdagi tog‘li hududlarda avtomobillar harakati «bir tomonlama» tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB «Bildirsoy» va «Chimyon» kabi dam olish joylariga boruvchi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, 4R6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 57 kilometridan boshlab, mazkur yo‘lning 92 kilometrigacha, ya’ni, 4R10 avtomobil yo‘li bilan tutashgan joygacha transport vositalarining harakati «bir tomonlama» tashkil etiladi.

Harakat «bir tomonlama» tashkil etilgan yo‘lning boshida 5.5 (bir tomonlama harakatli yo‘l) va uning oxirida 5.6 (bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri) axborot ko‘rsatkich yo‘l belgilari, shuningdek, harakatlanib kirish taqiqlangan qismida 3.1 (kirish taqiqlangan) yo‘l belgisi o‘rnatiladi.

«Yusufxona» chorrahasida «bir tomonlama» harakat tugatiladi va avtomobillarga «ikki tomonlama» harakatlanishga ruxsat etiladi. «Yusufxona» chorrahasidan 4R10 avtomobil yo‘liga burilib, dam olish maskanlaridan ortga qaytish mumkin bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqdagi tog‘li hududlarga avtomobillar harakati «bir tomonlama» tashkil etiladi