date
views 259

Toshkent shahri havosini tutun qoplaganining sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahri havosini tutun qoplaganining sababi ma’lum bo‘ldi
Foto: Ekologiya vazirligi
Toshkent shahri havosini tutun qoplagani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya vazirligi buning sababini aniqladi.

Ma’lum qilinishicha, 23–31 yanvar kunlari Ekologiya vazirligi tomonidan Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasida joylashgan “Toshkent IES” (issiqlik elektr stansiyasi) faoliyati tekshirildi. Tekshiruv davomida korxonada gaz asosiy yoqilg‘i hisoblangani, shuningdek, qo‘shimcha yoqilg‘i sifatda mazutdan foydalanilayotgani aniqlandi. Shu sababli Toshkent shahri havosini tutun qoplagan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, issiqlik elektr stansiyasiga atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 1 milliard 23 million so‘m (atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 759 million, neft mahsulotlari bilan yerni ifloslantirganlik uchun 264 million) miqdorida kompensatsiya belgilandi.

Bundan tashqari, IESga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 16 banddan iborat majburiy ko‘rsatmalar berildi. Ayni damda to‘plangan hujjatlar huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan IES mansabdor shaxslariga tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahri havosini tutun qoplaganining sababi ma’lum bo‘ldi