Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bozor raisi qamoqqa olingan. Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqda Paxtachi tumanidagi bozorga rais etib tayinlangan G.A.ning qamalganidan onasi T.Aliyeva norozi bo‘lib videomurojaat qoldirgan. G.A. va V.N. jamiyat ishchi xodimlarining 113 million so‘mdan ortiq ish haqlarini ularga to‘lab bermasdan, jamiyat shtatlar jadvalida mavjud bo‘lmagan 8 nafar ishchi xodimlarga 13 million 781 ming so‘m ish haqi tashlab berib, tasdiqlangan shtatlar jadvaliga nisbatan xodimlarga 24 million 594 ming so‘mlik oylik ish haqini ortiqcha hisoblab, ushbu pul mablag‘larini talon-toroj qilishgan.
Bundan tashqari, tergovda viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi tomonidan berilgan 68 million 250 ming so‘mlik mahsulotlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan «Paxtachi dehqon bozori» MCHJ rahbari G.A. va jamiyatning bosh hisobchisi V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar gumonlanuvchiga nisbatan sudning ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudiga yuborilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi