222
Toshkentda foizga pul berib, qarzdorlarning uy-joylarini tortib olish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasining xabar berishicha, Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik), 168-moddasi (firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida 30 yoshli T.A. jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida ushbu shaxs fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarz olgan shaxsning nomida bo‘lgan turar joy va transport vositalarini garov evaziga o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgani aniqlangan.
Fuqarolar belgilangan muddatda qarz va foizlarini bermagan taqdirda uy-joydan oilasi bilan chiqarib yuborish va transport vositasini tortib olish bilan shug‘ullanib kelgan. Garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3-4 barobar ko‘p bo‘lgan.
“Hurmatli fuqarolar agar siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi IIB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi