Daraxtga elektromobil quvvatlagichini o‘rnatgan fuqaro 1,7 mln so‘m jarimaga tortildi

Daraxtga elektromobil quvvatlagichini o‘rnatgan fuqaro 1,7 mln so‘m jarimaga tortildi
Foto: Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi
Toshkent shahrida daraxtga elektromobil quvvatlagichi o‘rnatgan fuqaroga chora ko‘rildi. Bu haqda poytaxt ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani 16-mavze 5-uy oldida 1 tup daraxtga elektromobil quvvatlagichi burama mix bilan o‘rnatilgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Chilonzor tumani inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Natijada fuqaro A.X. tomonidan tumanning 16-mavze 5-uy oldidagi 1 tup daraxtga elektromobil quvvatlagichi burama mix bilan o‘rnatilgani aniqlangan va vaziyat joyida bartaraf etilgan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha fuqaro A.X.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (o‘simlik dunyosi obyektlarini yig‘ish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1,7 million so‘m jarima belgilangan hamda tushuntirish ishlari olib borilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar