12:52 / 05.02.2024
131

Shavkat Mirziyoyev: “Tibbiy sug‘urtani joriy qilish sust kechmoqda”

Shavkat Mirziyoyev: “Tibbiy sug‘urtani joriy qilish sust kechmoqda”
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Prezident matbuot kotibining yozishicha, yig‘ilishda tibbiyotdagi ham kamchiliklar sanab o‘tilgan.

Davlat rahbariga ko‘ra, so‘nggi yetti yilda tizimda 7 ta vazir almashgan, lekin sohani raqamlashtirish, tibbiy sug‘urtani joriy qilish sust kechmoqda.

Respublika markazlari bilan birlamchi bo‘g‘in o‘rtasida integratsiya yo‘qligi qayd etildi.

Bosh vazirga muhokama qilinayotgan sohalarda vazirlar, vazir va hokim o‘rinbosarlari faoliyati bo‘yicha takliflarni kiritish, har biri bilan bir yillik kontrakt tuzib, KPI belgilash topshirildi.

Prezidentning 2018 yil dekabrdagi qarorida 2021 yildan boshlab majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangandi. 2020 yil noyabrida davlat rahbari Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov loyihasi doirasida davlat tibbiy sug‘urtasini joriy etish bo‘yicha qarorni imzolagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat