date
views 120

Toshkentda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan qushlarni saqlab kelayotgani aniqlandi

Toshkentda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan qushlarni saqlab kelayotgani aniqlandi
Foto: Ekologiya vazirligi axborot xizmati
Toshkent shahar Olmazor tumanida fuqaro o‘z uyida Qizil kitobga kiritilgan qushlarni saqlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ekologiya boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd davomida tumandagi “Guruchariq” mahallasi xonadonlarining birida 1 juft, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston oq laylaklari saqlanayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada fuqaro B. A. qushlarni o‘tgan yilning yoz oyida Sirdaryo viloyatida qanotlari singan holda topib olgani hamda ularga yordam ko‘rsatib, parvarish qilib kelayotgani aniqlandi.

Fuqaroga yovvoyi, shuningdek, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonzotlarni uyda noqonuniy saqlash mumkin emasligi tushuntirildi. Oq laylaklar esa tabiat bag‘riga qo‘yib yuborildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan qushlarni saqlab kelayotgani aniqlandi