11:36 / 06.02.2024
110

Navoiyda 12 marta qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lamagan haydovchining avtomashinasi xatlandi

Navoiyda 12 marta qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lamagan haydovchining avtomashinasi xatlandi
Foto: Navoiy viloyati MIB axborot xizmati
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida ko‘plab qoidabuzarlik sodir etgan haydovchiga chora ko‘rildi.

Qayd etilishicha, byuroning Xatirchi tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor A.F.ga nisbatan IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan qo‘llanilgan 12 ta ma’muriy bayonnomalarga asosan jami 105 million 745 ming so‘m jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorga tegishli Lacetti rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim ish yurituvida qarzdor R.E.ga nisbatan IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan qo‘llanilgan 5 ta ma’muriy bayonnomalarga asosan jami 4 million 504 ming so‘m jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorliklar to‘liq undirilishi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat