Migratsiya agentligi matbuot kotibining qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari Kanada ishchi vizasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga ko‘p duch kelmoqda.
Firibgarlik sxemasi qanday?
Fuqaro vositachi shaxslar bilan Telegram va WhatsApp orqali bog‘lanib, ularga dastlab shaxsiy hujjatlarini, viza rasmiylashtirish uchun bank hisobiga katta miqdorda pulni jo‘natadi. Shundan so‘ng vositachi shaxslar jo‘natgan soxta hujjatlar bilan Kanadaning Toshkentdagi faxriy konsulxonasida aslida mavjud bo‘lmagan viza suhbatlari tayinlanadi.
Fuqaro aldanganini faxriy konsulxonaga murojaat qilganda tushunib qoladi.
«Kanadaning Toshkentdagi faxriy konsulxonasi faqat konsullik masalalari bilan shug‘ullanadi va viza berish jarayonida ishtirok etmaydi.
Kanada vizasini olish jarayoni haqidagi barcha rasmiy ma’lumotlar Kanada hukumatining www.canada.ca saytida mavjud», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi