18:53 / 06.02.2024
116

Aliment hujjati MIBga kelgach, tezda tamomlandi

Aliment hujjati MIBga kelgach, tezda tamomlandi
3 nafar farzandi bo‘lgan oila Byuro xodimlari ko‘magi bilan yarashtirildi. Jumladan, Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.O.dan undiruvchi S.S. foydasiga uch nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/2 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida 02.02.2024 yilda ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida, bo‘lim davlat ijrochisi J.Sherqoziyev tomonidan ajrimdagi oilaga huquqiy tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida taraflar yarashtirilib, oila tiklandi.

Shu sababli, mazkur ijro ishi tezda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat