167
Toshkentda “sevgan” qizidan tovlamachilik orqali pul undirib kelgan yigit 5 yilga qamaldi
Kadr: Telegram
Toshkentda “sevgan” qizidan tovlamachilik orqali pul undirib kelgan yigit javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, yigit boshida yaxshi ko‘raman deya uni ishontirgan. Keyinchalik qizning yalang‘och videolarini so‘ragan, tashlab bergach esa uni qo‘rqitishni boshlagan. “Sevishganlar” urishib qolgach, yigit telefonidagi yalang‘och videolarni tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan. Bu ish qo‘lidan kelishini isbotlash maqsadida qizning yaqinlariga videolarni ham tashlab bergan.
“Birinchi 2 million, keyin 4 million, ikki marta 1 million so‘mdan berganman”, — deydi jabrlanuvchi.
Sudlanuvchining aytishicha, u qizdan 8 million so‘m talab qilgan va pullarning barchasini olgan. Yigit umumiy hisobda 20 million so‘m xarajat qilganini bildirgan.
Bir necha marta pul bergan qiz, boshqa pul topa olmagach yigit ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 165-modda (tovlamachilik) 2-qismi, 141-3-modda (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) 1-qismi bilan aybdor deb topildi va 5 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi