19:36 / 07.02.2024
223

“Bek-Baraka”dagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

“Bek-Baraka”dagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi va Zangiota tumani soliq isnpeksiyasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Zangiota tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Zangiota tumani xududida joylashgan “Bek-Baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi” MCHJga qarashli savdo kompleksida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida “Xo‘jalik mollari va Hunarmandlar savdo kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyati  hududida jami 962 ta savdo do‘koni mavjudligi aniqlanib, tadbirkorlarga onlayn-NKTlaridan foydalanib mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi tushuntirildi.

Shuningdek, Zangiota tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan taqdim etilgan tezkor ma’lumotga ko‘ra o‘rganishning birinchi kuni davomida 555,6 mln. so‘m savdo tushumlari nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilindi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur savdo do‘konlarida jami 708 ta tadbirkorlik sub’ektlari mavjud bo‘lib, ularning 396 tasi yuridik shaxslar va 312 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlardir.

Xatlov jarayonida 267 ta savdo do‘konlarida 5 nafar fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy ravishda faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi va 4 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda 1 nafar yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat