
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “T.S.B” fermer xo‘jaligi va “A.I.F.” MCHJlardan undiruvchi ATIB “Ipotekabank” Sirdaryo viloyat filiali foydasiga 101 499 174 so‘m kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari olib borilgan bo‘lib, qarzdor “T.S.B” fermer xo‘jaligiga tegishli 2015 yilda ishlab chiqarilgan “Gentra” rusumli avtotransport vositasi davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlanib, 114 mln. 628 ming so‘m boshlang‘ich qiymatda “E-AUKSION” elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.
Mazkur, 2015 yilda ishlab chiqarilgan “Gentra” rusumli avtotransport vositasining dastlabki onlayn-auksion savdosi 04.03.2024 yilda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Avtotransport vositasining sotuvidan tushadigan pul mablag‘lari “T.S.B” fermer xo‘jaligi va “A.I.F.” MCHJlarning ATIB “Ipotekabank” Sirdaryo viloyat filiali oldidagi qarzdorligiga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qarzdor fuqarodan undiruvchi “Kapitalbank” ATB foydasiga jami 225 mln. 353 ming so‘m kredit qarzi undirish, undiruvni qarzdorga tegishli 2015 yilda ishlab chiqarilgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan garov mulki hisoblangan avtotransport vositasi xolislar ishtirokida xatlangan va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJning onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.
Mazkur avtotransport vositalarining sotuvidan tushgan pul mablag‘lari ijro hujjati bo‘yicha qarzdorliklarga yo‘naltiriladi.
Davlat Rajabov
Majburiy ijro byurosining
bo‘lim bosh inspektori
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Majburiy ijro byurosining
bo‘lim bosh inspektori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar