Farg‘onada omborxonasida 7,1 kg nasha saqlab kelgan shaxs aniqlandi

Farg‘onada omborxonasida 7,1 kg nasha saqlab kelgan shaxs aniqlandi
Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida nasha giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 9 fevral kuni tuman IIB hamda DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Beruniy” MFYda yashovchi, 46 yoshli A.X. yashash xonadonining omborxonasida jami 7 kilogramm 170 gramm miqdorida nasha giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar