Qor qoplonlarining yashash muhitini asrab-avaylash bo‘yicha Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi. Bugun Qor qoploni va ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha global dastur (GSLEP) boshqaruv qo‘mitasining vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, qor qoploni va uning ekotizimlarini asrab-avaylash katta meros va madaniy ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov.
"O‘zbekistonda tabiatni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat siyosatining asosiy ustuvor vazifalaridan biridir. Xususan, ekologik strategik siyosat bo‘yicha qator hujjatlar, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari, jumladan, 2030 yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi, 2028 yilgacha bioxilma-xillikni saqlash strategiyasi va boshqalar qabul qilindi”, — dedi Abduhakimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda GEF va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda qor qoplonini saqlash loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu ekologik ta’limga yo‘naltirilgan ikkita tashrif markazini yaratish va SMART patrul tizimini joriy qilish imkonini berdi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan G‘arbiy Tyan-Shanda qor qoplonlarini saqlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolangan.
Yig‘ilishda qor qoplonlari yashaydigan 12 ta davlat hukumati, shuningdek, GSLEP kotibiyati va hamkorlar tomonidan Bishkek deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha qilingan sa’y-harakatlari baholandi. Istiqboldagi ustuvor harakatlar belgilandi, aniqlangan moliyaviy kamchiliklar muhokama qilindi, kelajakdagi resurslarga bo‘lgan ehtiyoj baholandi va qor qoplonini saqlash tashabbuslarini moliyalashtirish usullari aniqlandi.
Qayd etilishicha, xalqaro taraqqiyot tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va donor davlatlar ishtirokidagi mazkur yig‘ilish qor qoplonlari populyatsiyasini saqlash va iqlim ta’siriga moslashish maqsadida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, loyihalarni boshlash va mamlakatga grant mablag‘larini jalb qilish imkonini beradi.
“Muloqotni o‘z vaqtida o‘tkazish, qor qoplonlarining yashash muhitini asrab-avaylash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqish muhimligini inobatga olib, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha asosiy majburiyatlar belgilab berilgan tarixiy Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.
U hukumatlarni, rivojlanish bo‘yicha hamkorlarni va moliyaviy institutlarni iqlim o‘zgarishiga moslashish va saqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni jadallashtirish uchun innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘rganish orqali GSLEP dasturi va tegishli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi