20:41 / 12.02.2024
276

O‘zboshimchalik bilan qurilgan zinapoya buzdirildi

O‘zboshimchalik bilan qurilgan zinapoya buzdirildi
Majburiy ijro byurosi Tuproqqal’a tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining javobgar A.Qutumov tomonidan Tuproqqal’a tumani, “Sayapir” mahallasida noqonuniy ravishda, tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz, o‘zboshimchalik bilan 36,0 kv.metr yer maydonida qurilgan noturar joy binosiga kiruvchi beton zinapoya javobgar hisobidan buzib tashlash va yer maydonini oldingi holatiga keltirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan ijro hujjati bo‘yicha tegishli tartibda sud hujjati talabini bajarish uchun qarzdor yozma va og‘zaki ravishda bir necha marotaba ogohlantirilib, ixtiyoriy muddat berilgan.

Biroq, ijro hujjati bo‘yicha javobgar sud qarorida ko‘rsatilgan talablarni belgilangan muddat davomida o‘z ixtiyori bilan bajarmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida ushbu noqonuniy ravishda 36,0 kv.metr yer maydonida qurilgan noturar joy binosiga kiruvchi beton zinapoya buzib tashlanib, yer maydoni oldingi holatiga keltirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat