
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tadbirkorning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “A.O.” MCHJ ta’sischisi Z.K. va boshqalar 2021-2023 yillar davomida “M.G.” xususiy korxonasi va “B.O.” MCHJga 2 700 tonna chigit mahsulotlari yetkazib berishi evaziga ularning 559 ming AQSH dollarini naqd holda hamda 1,5 mlrd so‘mini pul ko‘chirish yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Shuningdek, MCHJ ta’sischisi Z.K. va ishchisi E.X. firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mablag‘lari hisobidan Trailblazer, BYD Yuan Plus va Cobalt mashinalarini hamda Sitrak rusumli yuk mashinasini xarid qilganliklari ma’lum bo‘lgan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar