
Majburiy ijro byurosining Uchquduq tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan nomulkiy turdagi hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida ish yurituvga 10 ta shu turdagi ijro hujjatlari kelib tushgan, shundan 4 tasi bola ko‘rsatish yoki olib berish bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgani uyga kiritish va uydan chiqarish kabilarni tashkil etgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 5 ta mazkur toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi amalda tamomlangan.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudining ijro varaqasiga asosan tumanda yashovchi G.Ya voyaga yetmagan bir nafar farzandi bilan turmush o‘rtog‘ining xonadoniga kiritib qo‘yish belgilangan.
Mazkur sudning ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlariga kirishilib, ona-bola sud hujjatida ko‘rsatilgan yashash xonadoniga kiritildi.
Bu boradagi amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar