date
views 116

Davlat xavfsizlik xizmati farzandini sotayotgan ayollarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati farzandini sotayotgan ayollarni qo‘lga oldi
Foto: Videolavhadan skrinshot
Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro viloyatida tug‘ilgan, Guliston shahrida vaqtincha yashovchi ayol joriy yilning 30 yanvar kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Termiz tumanida yashovchi ayol joriy yilning 25 yanvar kuni tug‘ilgan qiz farzandini o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan ayol bilan til biriktirib, Termiz shahrida 25 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Chirchiq shahrida yashovchi ayol o‘zining 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini Toshkent shahrida 3 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Namangan shahrida yashovchi ayol o‘zining 2014 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 18 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, talab qilingan puldan 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat xavfsizlik xizmati farzandini sotayotgan ayollarni qo‘lga oldi