date
views 260

Toshkentda piyodalar o‘tish joyidan plyonkaga o‘ralgan holda dumalagan yigitlar 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda piyodalar o‘tish joyidan plyonkaga o‘ralgan holda dumalagan yigitlar 10 sutkaga qamaldi
Kadr: Telegram
Toshkent shahrining Bunyodkor shohko‘chasida stretch plyonkalarga o‘ralgan holda piyodalar o‘tish joyidan dumalab o‘tishga uringan yigitlarga chora ko‘rildi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 20 yoshli uch nafar yigit odamlar gavjum joydan tanasini butunlay plyonkaga o‘ragan holda dumalab o‘tishga kelishgan. Ular holatni tasvirga olib, internetga joylash orqali tanilishni maqsad qilgan.

Men shu shartni menga bergin, deb iltimos qilganman. Bilardim, maqsad tanilish, shu orqali internetga chiqib ketish edi. Svetoforning yashil chirog‘ida tez o‘tib olaman degandim”, — deydi yigitlardan biri.

Yana bir yigit esa sherigining dumalab o‘tishini videoga olib turgan. Shu payt voqea joyiga YPX xodimi yetib kelib, fuqarolarni to‘xtatib qolgan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 194-modda (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)lari bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan va tuman sudiga yuborilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, yigitlar bilan aybli deb topilgan va ularning har biriga 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgust oyida “Chechenka” taxallusi bilan tanilgan instabloger Gulzoda Abdullayeva turmush o‘rtog‘iga ikkinchi xotin sovg‘a qilgani aks etgan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. O‘shanda u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 21-moddasiga asosan javobgarlikdan ozod etilgan va ogohlantirish bilan kifoyalangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda piyodalar o‘tish joyidan plyonkaga o‘ralgan holda dumalagan yigitlar 10 sutkaga qamaldi