
Shu yilning 14 fevral kuni Farg‘onadagi «Shoiraxon S» fermer xo‘jaligida fuqaro Sh.O., daraxtlarni kesmoqchi bo‘lgan yer uchastkasining sobiq egasi E.U. bilan janjallashib, daraxt kesishga qarshilik ko‘rsatgan.
Janjal chog‘ida E.U. ayol kishi Sh.O‘.ning boshiga tosh bilan bir necha marta urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Ayol kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyat IIB Axborot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar