date
views 249

Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi (video)

Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi (video)
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 16 fevral kuni Andijon viloyati Qorasuv shahrida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan va shifokorlar unga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatgan. Tekshiruvlar natijasida yo‘lovchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy, xavotirli holat yo‘qligi aniqlandi.

Zaruratga ko‘ra, albatta, bu borada yana qo‘shimcha axborot beriladi. Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan yo‘lda harakatlanish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.

Arzimagan vaqtingizni qizg‘anib, yo‘l qoidasini buzgan holda o‘zingiz va boshqalar hayotini xavf ostida qoldirmang. Chunki yo‘l xatoni kechirmaydi. Birgina xato bir umrlik afsusga sabab bo‘lib qolmasin
”, — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi (video)
-->