Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi muhim vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda qayd etilishicha, raqamlashtirish hisobiga, o‘rnidan tura olmaydigan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz 2 ming kishiga yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Masalan, Navoiy shahrida yashaydigan nogironligi bor yolg‘iz ayolni 12 yoshli farzandi maktabga chiqmasdan parvarishlab kelayotgan edi. Unga ijtimoiy ko‘makchi biriktirilib, uyida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani sabab, farzandi maktabga chiqib, oilaning ijtimoiy ahvoli yaxshilanmoqda.
Ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham bexabar. Masalan, nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalanmayapti.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida:
- ehtiyojmand toifani belgilash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqiladi va aynan qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi; har bir muhtoj fuqaro bo‘yicha individual ijtimoiy xizmatlar dasturi bo‘ladi.
Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha yagona savolnoma joriy qilinadi. Mahalladagi barcha ijtimoiy xizmatlarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi