Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari ishini o‘zgartirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu markazlarni tarbiyasi og‘ir bolalarning muammolari bilan ishlab, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish bo‘yicha kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatadigan maskanga aylantirish lozimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga bunday markazlarni “Hayot maktabi” sifatida qayta tashkil etish topshirildi.
Yetim va ota-ona qaramog‘isiz bo‘lgan yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish uchun ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish, dehqonchilik uchun yer berish muhimligi ta’kidlandi.
Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum bo‘lgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi. Bunday yoshlarga uy-joy berish tizimi ham tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda “Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi, ularga beriladigan uy-joyning narxi bozor bahosidan kelib chiqib, hududlar kesimida belgilanadi. Shundan kelib chiqib, 2024 yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar 140 milliard so‘mga yetkaziladi.
Mutasaddilarga 1 iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi