date
views 194

Toshkent jahonda havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqdi

Toshkent jahonda havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqdi
IQAir portaliga ko‘ra, soat 08:50 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 196 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingda 2-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egallagan, Hindistonning Dehli shahri 3-pog‘onada.

O‘ntalikdan, shuningdek, Dakka (Bangladesh), Yangon (Myanma), Katmandu (Nepal), Xanoy (Vetnam), Jakarta (Indoneziya), Milan (Italiya), Kalkutta (Hindiston) egallagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent jahonda havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqdi