date
views 227

Navoiyda maktab o‘quvchilari dars payti sport zalga yig‘ilib, sochi olindi

Navoiyda maktab o‘quvchilari dars payti sport zalga yig‘ilib, sochi olindi
Navoiy shahridagi 2-umumta’lim maktabida o‘g‘il bola o‘quvchilarning ommaviy ravishda sochini olish “tadbiri” o‘tkazilgan. Holat bugun, 23 fevral kuni bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, maktab direktori Nurqobil Yusupov tashabbusi bilan maktabga sartarosh chaqirilgan hamda turli sinflardan o‘g‘il bola o‘quvchilar sport zalga yig‘ilib, sochi olingan. Jarayonni milliy gvardiya xodimlari ham kuzatib turgan.

Kun.uz holatga izoh olish maqsadida Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova bilan bog‘landi. Boshqarma boshlig‘iga ko‘ra, bu holatni umuman oqlab bo‘lmaydi.

Maktabga hozir odam jo‘natdim. O‘zi kecha gaplashgandim shu maktab direktori bilan. Ushbu maktab faoliyatini to‘liq o‘rganamiz. Bu holat umuman mumkin emas. Bunday direktor ishda qolishi ham mumkin emas aslida. Maktabda o‘quvchining sochiga tegishga umuman haqqi yo‘q. Pedagogning etika qoidasiga to‘g‘ri kelmaydi bu”, deya holatni izohladi boshqarma boshlig‘i.

Navoiy viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi matbuot kotibi Ramazon Kubayevning ta’kidlashicha, milliy gvardiya xodimlari maktab direktorining bu tashabbusiga qarshi bo‘lishgan.

Biriktirilgan xodimlarimiz davomat nazorati uchun maktabga borganida ushbu holatning ustidan chiqishgan. Bu, albatta, mumkin emas. Shu sababli maktab direktoriga jarayonni to‘xtatishni hamda o‘quvchilarni darsga qaytarishni aytishgan”, deydi Ramazon Kubayev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda maktab o‘quvchilari dars payti sport zalga yig‘ilib, sochi olindi