Akrom Sulaymonov.
Foto: Dehqonobod tumani hokimligi
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan Akrom Sulaymonov lavozimidan olindi. Bu haqdagi xabarni hokimning o‘zi tasdiqladi.
Foto: Facebook
"Azizlar mehnat faoliyatimda navbatdagi o‘zgarishlar sabab Dehqonobod tumanini tark etdim. Qisqa vaqt bo‘lsa-da, menga ishonch bildirib, o‘z yaqini, aka-ukasidek ko‘rgani uchun barcha faxriylarimizga, hamkasblarimga, ayniqsa samimiyat va mehmondo‘stlik uchun barcha Dehqonobod tumani ahliga chin yurakdan minnatdorlik bildiraman.
Afsusdaman, barchangizdan uzr so‘rayman hali qilinadigan ishlar juda ko‘p edi, qayerdadir tugallanmagan ishlarimiz qoldi, o‘ylaymanki, yangi hokimimiz bu ishlarni davom ettiradi.
Menga bergan amaliy yordamingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz, umuman, hamma hammasi uchun yana bir bor rahmat sizlarga. Yaratgan egam barchangizni o‘z panohida asrasin", — deydi tumanning sobiq hokimi Akrom Sulaymonov.
Aniqlashtirilishicha, bugun soat 15:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Xalq deputatlari Dehqonobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi rahbarligida tashkiliy masala ko‘rib chiqiladi.
“Daryo” manbasining qo‘shimcha qilishicha, Dehqonobod tumaniga ayni kunga qadar Ko‘kdala tumani IIB bo‘limiga rahbarlik qilib kelayotgan Sherzod Shokirov tayinlanishi kutilmoqda.
Sherzod Shokirov.
Foto: Telegram
Akrom Sulaymonov faoliyati avvalidan boshlab tumanga 7 yil rahbarlik qilgan, ayni kunda Qarshi tumanida hokimlik qilayotgan Zoir Aliqulovning Dehqonoboddagi faoliyatiga ishonchsizlik bildirib, tumanda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganini ta’kidlab kelgan. To‘rt oylik hokim tanqidiga duchor bo‘lgan Zoir Aliqulov Dehqonobod tumaniga 2016 yildan 2023 yil oktyabr oyiga qadar rahbarlik qilgan. 2023 yil oktyabr oyida prezident tanqid qilib, lavozimidan olgan Qarshi tumani hokimi o‘rniga tayinlanib, yelkasiga katta mas’uliyat olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi