150
O‘zbekistonda fuqarolarga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratiladi
O‘zbekistonda har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi doirasida 2024 yilda bir qator ishlar amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoniga ko‘ra, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilinib, fanlardagi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizgacha oshiriladi.
Shuningdek, 7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitilishi ta’minlanadi, xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari bo‘yicha yuqori ball olgan 6 ming nafar yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi.
10 million nafar aholini yugurish, futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, milliy va belbog‘li kurash kabi sport turlari bo‘yicha marafon va musobaqalarni tashkil etish orqali ommaviy sportga jalb qilish choralari ko‘riladi.
2024 yilda Parij shahrida o‘tkaziladigan olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun kamida 140 ta litsenziyani qo‘lga kiritish maqsadida 15 ta olimpiya va paralimpiya markazida hamda Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi 14 ta sport bazasida barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Bundan tashqari, 6,7 million nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida yurak-qon tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash bo‘yicha profilaktik ko‘riklar tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi