Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi mojaro aks etgan videotasvirdagi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli maktabning 6 «A» -sinfi bilan sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, maktabning 6 «A» sinf o‘quvchilari matematika darsida o‘qituvchi Yu.Portnovaning gaplariga quloq solmagan va tartib buzishgan. O‘z navbatida o‘qituvchi ham jahlini jilovlay olmasdan bolani majburlab sinfdan chiqarib yuborgan. O‘quvchi esa sinfdan chiqmaslik uchun o‘qituvchiga qarshilik ko‘rsatgan.
Chilonzor tumani hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, maktabda yuz bergan bu voqea yuzasidan bugun, 26 fevral kuni ota-onalar majlisi chaqirilgan va ularning xohishiga ko‘ra matematika o‘qituvchisi Yu.Portnova mazkur sinf o‘quvchilariga dars o‘tishdan chetlashtirilgan.
«Tartib buzgan bolalar va ularning ota-onasiga chora ko‘rish masalasi tuman hokimligi Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi», – deyiladi hokimlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi