
Bank kreditlari aksar hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.
Marg‘ilon tumanlararo Iqtisodiy sudining AT «Kapitalbank» foydasiga qarzdor R.T.dan 304 mln. so‘m kredit qarzdorlik undiruvi yuzasidan garov mulki hisoblangan «MALIBU 2» avtomashinasini xatlash to‘g‘risidagi ajrimi Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limiga 10.02.2024 yil kuni kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur ijro ishi doirasida 2024 yil 26 fevral kuni garovda bo‘lgan «MALIBU 2» rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar