19:00 / 29.02.2024
94

Toshkentda 5,6 tonna benzinni noqonuniy sotish holatlari aniqlandi

Toshkentda 5,6 tonna benzinni noqonuniy sotish holatlari aniqlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati
Toshkent shahrida 5,6 tonna benzin yonilg‘isi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlangan.

13 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida Ai-80, Ai-95, Ai-92 markali benzin yonilg‘isini qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, ulardan jami 5,6 tonna benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat