14:53 / 01.03.2024
99

2024 yilda 5ta quyosh va 1ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

2024 yilda 5ta quyosh va 1ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
Foto: Shutterstock
Prezidentning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada jadallashtirish va respublika energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qarorda belgilanayotgan rejalar ijrosini ta’minlash asosida 2024 yilda umumiy quvvati 1470 MVtga teng bo‘lgan 6 ta loyiha, shundan, 1270 MVtga teng 5 ta quyosh, 200 MVtga teng 1 ta shamol elektr stansiyalarni ishga tushirish, umumiy quvvati 350 MVt bo‘lgan kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish ta’minlanadi.

Bunda, har bir yo‘nalish bo‘yicha hududlar kesimida, loyihalar kesimida rejalar tasdiqlanadi.

Respublikaga import qilinayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining sifat ko‘rsatkichlarini saqlash bo‘yicha normalar kiritiladi.

Xususiy sheriklik tamoyili asosidagi loyihalar doirasida “mahalliy kontent” kamida 25 foizni, shu jumladan kabel-o‘tkazgich mahsulotlarida kamida 70 foizni, loyihalash va qurilish-montaj ishlarida kamida 50 foizni tashkil etishi sharti qo‘yiladi.

Yagona energotizimga ulash bilan bog‘liq infratuzilmani qurish ishlari to‘liq mahalliy kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejash bo‘yicha dasturlarni bajarilishi evaziga ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot (bajarilayotgan ish, ko‘rsatilayotgan xizmat) birligiga nisbatan yonilg‘i-energiya resurslari sarfi (energiya sig‘imi) har yili 3 foizdan kamaytirib boriladi.

2024 yilda respublikadagi yirik sanoat korxonalarida yonilg‘i-energiya resurslarini tejashning reja ko‘rsatkichlari va amaliy chora-tadbirlar rejasi belgilanib, 800 mln kub metr tabiiy gaz, 977 mln kVt/soat elektr energiyasi va 5,7 ming tonna neft mahsulotlari tejalishiga erishiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2024 yilda 5ta quyosh va 1ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi