14:46 / 02.03.2024
120

Toshkentda qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

Toshkentda qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkentda xavfli manyovrlar sodir etib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan BYD haydovchisi javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 29 fevral kuni BYD rusumli avtomashina haydovchisi, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlangani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisi, 2001 yilda tug‘ilgan B.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Haydovchi, unutmang, yo‘l o‘yin maydoni emas. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun O‘zbekistonda 2023 yili 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat