date
views 137

Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha maxsus platforma ishga tushiriladi

Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha maxsus platforma ishga tushiriladi
O‘zbekistonda yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha “Ustoz” maxsus platformasi ishga tushiriladi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 martdan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish maqsadlariga yo‘naltiriladi.

Yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o‘rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi.

Hujjatda qayd etilishicha, bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o‘quv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha maxsus platforma ishga tushiriladi