date
views 142

Qarzdorning avtogreyderi sotildi

Qarzdorning avtogreyderi sotildi
Byuroning Urganch tumani bo‘limi ish yurituvidagi Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi TIF “Milliybank” AJ foydasiga qarzdor korxonadan 672,4 mln. so‘m undirish va undiruvni qarzdorga tegishli mol-mulklariga qaratish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun belgilangan tartibda ixtiyoriy muddat berilgan.

Biroq, qarzdor tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddat davomida qarzdorlik bartaraf qilinmaganligi sababli, korxonaga tegishli garov mulki bo‘lgan 2014 yilda ishlab chiqarilgan “XG3180C” rusumli avtogreyder 138,0 mln. so‘mga va 2014 yilda ishlab chiqarilgan “XD82” rusumli katok 110,0 mln. so‘mga baholanib, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli avtogreyder elektron onlayn-auksion savdolarida 368,5 mln. so‘mga sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdor korxonaning kredit va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzi uchun o‘tkazib berildi.

Hozirda qarzdorning garovdagi qolgan mol-mulklarini auksion savdolariga chiqarish va sotish choralari ko‘rilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorning avtogreyderi sotildi