15:53 / 05.03.2024
319

Universitet diplomisiz ham yuqori maosh to‘lanadigan 7 ta kasb

Universitet diplomisiz ham yuqori maosh to‘lanadigan 7 ta kasb
Diplom yo‘qligi karyeraga nuqta qo‘yildi degani emas, deb hisoblaydi ish beruvchilar. Shuning uchun yangi ish qidirishda umidsizlikka tushmaslik kerak, chunki ish bozorida narx va sifatning to‘g‘ri nisbatini topish mumkin.

Shaxsiy haydovchi

Bir qarashda, shaxsiy haydovchilikka faqat haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi, deb o‘ylash mumkin, lekin aslida boshqa talablar ham bor. Avtomobil boshqarish qobiliyati bilan birga, sizdan o‘ta punktual va masʼuliyatli bo‘lish ham talab etiladi — baʼzan bir daqiqa kechikish oylik maoshingizni, hatto ishingizni yo‘qotishingizga olib kelishi mumkin. Mijoz xavfsizlik va aniq vaqtni qadrlaydigan shaxsiy haydovchining mehnatiga munosib ravishda to‘lashga tayyor bo‘ladi.

Enaga yoki uy xizmatchisi

Ko‘plab uylarda enaga yoki uy xizmatchilari oilaning to‘liq aʼzolari hisoblanadi va ularning yordamisiz uy xo‘jaligini tashkil etishni tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, enagalarni tanlash jarayoni juda qattiq bo‘ladi, chunki ota-onalar farzandlarining tarbiyasi va taqdirini ularga ishonib topshiradi. Agar siz boshqaning uyini o‘zingiznikidek sevib, bolalarga chin dildan g‘amxo‘r va mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishga tayyor bo‘lsangiz, unda mehnatingiz shubhasiz, nafaqat moddiy jihatdan, balki maʼnaviy jihatdan ham qadrlanadi.

Shaxsiy yordamchi

Shaxsiy yordamchiga yirik korporatsiyalarda ham, kichik kompaniyalarda ham talab kuchli. Ko‘pincha ishga kirish uchun suhbatda ish beruvchi taʼlim darajangizdan ko‘ra, ko‘nikma va xususiyatlaringizga qiziqadi: xorijiy tillarni bilish, ko‘p vazifalilik, masʼuliyat, stressga chidamlilik, mantiqiy va tahliliy fikrlash qobiliyati va tezkorlik. Bejizga yordamchini rahbarning o‘ng qo‘li deyilmaydi — hech bir rahbar yordamchisiz uchrashuv rejasini tuzish bilan bir paytda safarlarda mehmonxona band qilolmagan bo‘lardi.

Styuardessa

Bu romantik kasb, albatta, maxsus mahoratlarni talab qiladi, lekin oliy maʼlumotli bo‘lish shart emas. Asosiy talablar — stressga chidamlilik, tashkilotchilik, ozoda tashqi ko‘rinish va, albatta, xushmuomalalik. Yaxshi oylik olish uchun avval bir nechta o‘quv parvozlarida ishtirok etish kerak bo‘ladi. Yirik aviakompaniyada ishlashning bir qancha afzalliklari bor: katta maoshdan tashqari, qo‘shimcha imtiyozlar va bonuslarga ham ega bo‘lasiz, bu baʼzan oddiy moddiy mukofotdan ham ko‘ra yoqimli va foydali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, xususiy kompaniyaning bort xizmati xodimlari sifatida ishlash imkoniyati ham mavjud.

Riyeltor

Bugungi kunda ko‘chmas mulk bozori qanday qonunlar asosida ishlayotganini bilasizmi? Xavotir olmang, buning uchun oliy o‘quv yurtini bitirish shart emas. Bunday ko‘nikmalarni siz to‘g‘ridan to‘g‘ri ish jarayonida o‘rganasiz. Bu sohada hamma narsa yuqori malakali mutaxassis bo‘lish istagi va eng yuqori muvaffaqiyatlarga erishishga bog‘liq.

Grafik dizayner

So‘nggi yillarda bu kasb tez surʼatlar bilan ommalashib bormoqda. Bu sohada nihoyatda ko‘plab vazifalar mavjud: 2D va 3D animatsiyalar va bannerlar yaratish, veb-saytlarni bezash, kerakli mahsulotlarni sahifalash, qo‘llanmalar ishlab chiqish. Professional kurslar ko‘pligi tufayli talab qilinadigan malakani uzoq muddatli taʼlimsiz olish imkoni mavjud. Onlayn ishlash imkoniyati esa bu kasbning afzalliklaridan biri hisoblanadi. Bir xillikdan charchaganlar uchun frilansing ideal usul bo‘lishi mumkin.

Teatr va kinoda vizajist

Sanʼatkor va yulduzlar bilan ishlaydigan vizajistlarga modellar va moda sanoati vakillari bilan cheklangan mijozlarga ega pardoz ustalaridan ko‘ra ancha yuqori haq to‘lanadi. Albatta, kerakli davr va mavzuga mos obraz yaratish uchun maxsus mahoratlar kerak bo‘ladi, aynan shunday ko‘nikmalar ish beruvchilar tomonidan qadrlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat