Foto: gov.kz
Qozog‘iston bosh vaziri O‘ljas Bektenov amaliy tashrif bilan Rossiya va O‘zbekistonga boradi, deb xabar berdi Tengrinews.
Qayd qilinishicha, Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Tomonlar ikki davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, shuningdek, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qiladi.
Toshkentda O‘ljas Bektenov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazadi, unda savdo va sarmoyaviy hamkorlikni oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transport-logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Bektenovning Rossiya va O‘zbekistonga amaliy tashrifi bo‘yicha aniq sanalar xabarda keltirilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qoyilmaqom majlis (hajviya)
Hech qachon jahli chiqmagan odam
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...