
O‘zbekistonda ayollar ko‘proq qaysi sohada ishga taklif qilinishi 2023 yil hisobiga asosan aniqlandi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Keltirilishicha, HeadHunter O‘zbekistondagi mehnat bozoridagi ayollar ahvolini tahlil qildi. Unga ko‘ra, 2023 yilda quyidagi 5 ta soha ayollarni ishga taklif qilishda eng katta ulushga ega bo‘lgan:
- tibbiyot, farmatsevtika, dorixonalar (76 foiz);
- ta’lim muassasalari (69 foiz);
- buxgalteriya hisobi (har biri 65 foiz);
- xodimlarni boshqarish (62 foiz);
- san’at, madaniyat (58 foiz).
Eng kam taklifnomalar tog‘-kon sanoati, og‘ir mashinasozlik va avtomobilsozlik sohasida qayd etilgan — mos ravishda 21 foiz, 19 foiz va 17 foiz. Shuningdek, ayollar odatda ko‘proq qiziqadigan sohalar va kasblarni ajratib ko‘rsatish mumkin. 2023 yil yakunlariga ko‘ra, ayollarning eng ko‘p rezyumelari ma’muriy lavozimlarda (umumiy sonning 9,5 foiz), ta’limda (8,4 foiz) va buxgalteriya hisobida (8 foiz) qayd etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar