date

Amerikada avtomobil dileri avtoturargohida noyob o‘g‘rilik sodir etildi

Amerikada avtomobil dileri avtoturargohida noyob o‘g‘rilik sodir etildi

AQShning Texas shtati Tayler shahrida noma’lum kimsalar, umumiy qiymati 200 ming dollarga baholangan o‘g‘rilikni sodir etishdi. Gap shundaki, ular Peltier Chevrolet dilerlik markazi avtoturargohidagi 48ta yangi avtomobillarning g‘ildiraklarini o‘g‘irlab ketishgan. Bu haqda Automotive News nashriga asoslanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.

Videokuzatuv kameralari qayd etgan yozuvlarga muvofiq, tungi soat birlarda sotilmagan avtomashinalar turgan maydon darvozasi yaqiniga furgon kelgan. Noma’lum kimsalar qulfni kesib, katta yoritish chirog‘ini sindirishgan. Shu sabab, jinoyatni sodir etishda necha kishi ishtirok etganini polisiya xodimlari taxmin qila olmayapti.

O‘g‘rilar 48ta mashina balonlarini echib olishga «4 soatga yaqin vaqt» sarflashgan. Ayrim mashinalarni g‘isht ko‘tarib turgan bo‘lsa, boshqalari shundoq erda qoldirilgan. O‘g‘irlangan g‘ildiraklarning barchasi 20-22 dyuymli balonlar bo‘lgan.

Avtosalon vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular xavfsizlik tekshiruvlarini o‘tkazishadi. Bundan tashqari, dilerlik Markazi sug‘urta kompaniyasi bilan bog‘langan, biroq, etkazilgan zararning aniq qiymati ma’lum qilinmayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Amerikada avtomobil dileri avtoturargohida noyob o‘g‘rilik sodir etildi