Men undan yoshini so‘ragan edim, u aytdi:
– 95 da, onam esa 105 yoshda vafot etganlar.
– Sog‘lig‘ingizni bu qadar yaxshiligining siri nimada? – so‘radim undan.
– Kasal bo‘lmaslikda, – javob qaytardi u.
– Lekin bu bizning ixtiyorimizda emas-ku?! – dedim hayratimni yashira olmay.
U esa kulib:
– Ha, shunday, – dedi.
– Unda menga buning sirini ayting, men ham amal qilay, – dedim.
– Biror narsani «Bismillah»siz og‘zingga sola ko‘rma, hatto u bir tomchi suv yoki taomning juda kichik bo‘lagi bo‘lsa ham, – dedi u. Jim bo‘lib qoldim.
U esa so‘zida davom etdi:
– Alloh taolo hech narsani sababsiz yaratmadi. Har narsaning ortida uning hikmati borki, unda foyda va zararlari yashiringan. Biz «Bismillah» deganimizda Alloh taolo taomdan barcha zararni olib tashlaydi.
Ovqatlanishdan avval doim «Bismillah»ni ayt va Yaratuvchingga shukrda bo‘l. Taomlanib bo‘lganingdan keyin esa qo‘llaringni ko‘tar va «Alhamdulillah» deb shukrona keltir. Shunda hech qachon dard chekmaysan.
Uning bu gaplaridan ko‘zlarim yoshga to‘ldi. Uni ulug‘ olim deb o‘yladim.
Endigina ketmoqchi bo‘lib turgan edim, qo‘llarimdan tutib gap boshladi:
– Eshit, taom haqidagi oxirgi narsa.
Qaytadan joyimga o‘tirdim.
– Biron kishi bilan taomlanayotganingda, garchi qanchalar ochiqqan bo‘lsang, ham aslo birinchi boshlama. Taomga avval u qo‘l ursin yoki unga manzirat qil. Keyin esa o‘zing ham yeyaver.
Undan buning sababini so‘rashga xijolat bo‘lib turgan edim, o‘zi aytib qoldi:
– Bu taomingning sadaqasidir. Qolaversa, bandalariga qayg‘urganing uchun Alloh sendan xursand bo‘ladi. Doim yodingda tut! Taom sening tanang, jisming uchun, «Bismillah» esa qalbing uchun.
Endi menga ayt-chi, qanday qilib sen kasal bo‘lishing mumkin?!
U yerdan o‘yga tolgancha ketdim. Biz dinimiz buyurgan bu kabi arzimas narsalarga na e’tibor qilamiz va na farzandlarimizga o‘rgatamiz.
Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘laridagi bola edim. Qo‘lim tovoqda izg‘iyotgan edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey bola! «Bismillah», degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin va oldingdan yegin!» dedilar. Shundan buyon ana shunday taomlanaman».
Imom Buxoriy, Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyati.
Manba: Mushtum jurnali “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»