15:15 / 21.03.2024
157

Prezident Nodirbek Abdusattorovga shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishini tiladi

Prezident Nodirbek Abdusattorovga shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishini tiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida shaxmat grossmeysteri – Nodirbek Abdusattorov Praga xalqaro turnirida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, jahondagi eng kuchli to‘rtta shaxmatchining biriga aylanganini e’tirof etdi.

Kelinglar, shu ulug‘ ayyom kunda barchamiz astoydil niyat qilaylik: Nodirbekka tez kunlarda Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelish nasib etsin! Sen bunga, albatta, qodirsan, Nodirbek o‘g‘lim! Butun el-yurtimiz sendan shu buyuk g‘alabani kutmoqda”, — dedi prezident.

Davlat rahbari bunday yuksak marralarni zabt etishda qizlar ham o‘g‘lonlardan qolishmayotganini ta’kidladi. Xususan, Zaynab Dayibekova qilichbozlik bo‘yicha Peruda bo‘lib o‘tgan jahon kubogi o‘yinlarida O‘zbekiston sporti tarixida birinchi marta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shahina Yigitaliyeva esa Paraosiyo o‘yinlarida nayza otish bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘lib, mazkur musobaqalar rekordini yangiladi.

Aziz sportchi farzandlarim, sizlarni oldinda g‘oyat muhim va ulkan sinov – Parij Olimpiadasi va Paralimpiya o‘yinlari kutmoqda. Jahonning eng zo‘r sportchilari bellashadigan ana shu musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib, yurtimizga qo‘sha-qo‘sha medallar, yutuq va sovrinlar olib kelasiz, deb ishonaman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mamlakat sportchilari o‘tgan yili Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonning ushbu musobaqalardagi rekordini yangilaganini ham qayd etib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Nodirbek Abdusattorovga shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishini tiladi